Daryo

O‘zbekistonda maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga har oylik ustamalar belgilanadi

“Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish19 888 ko‘rishlar0 izoh0

“Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ikki oy muddatda vazirlik tizimidagi islohotlarni amalga oshirish uchun belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalari xodimlarining lavozim majburiyatlarini qaytga ko‘rib chiqadi.

Uch oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga har oylik ustamalarni belgilash uchun ularning faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Farmonga ko‘ra, maktab direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.

Ushbu farmon qabul qilingani haqida 19-mart kuni maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xabar bergandi. Farmon bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab maktab direktori va uning o‘rinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshiriladi:

  • umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga,
  • o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga,
  • bog‘cha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy o‘rta taʼlim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hududiy bo‘linmalar xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish joriy etilishi natijasida vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilishini bildirgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar