Daryo

Qirg‘iziston ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin O‘zbekiston FIFA reytingida nechanchi o‘ringa chiqdi?  

Temur Kapadze shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 1432 taga yetdi

1 daqiqa o‘qish13 378 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash uchrashuvlari 7-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi bahs olib bordi. Unda Temur Kapadze shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston FIFA reytingida 7,31 ballni qo‘lga kiritdi va o‘z hisobidagi ochkolar sonini 1432,00 taga yetkazib oldi. Shuningdek, jamoa FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqorilab, 57-o‘ringa joylashdi.

Iroq 20-mart kuni Quvaytga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi va natijada 11,94 ochko yo‘qotdi. 22-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 57-o‘rinni egallab turibdi hamda Iroqni ortda qoldirib, Osiyo jamoalari orasida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Osiyo qit’asi jamoalari FIFA reytingi

  1. ( 15) Yaponiya — 1,658.04 (+8.08)
  2. (17) Eron — 1,642.17 (+6.86) (oldingi reyting 18-o‘rin)
  3. (23) Janubiy Koreya — 1,579.37 (-6.08)
  4. (26) Avstraliya — 1,548.39 (+4.24)
  5. (47) Qatar — 1,475.39 (+0.79) (oldingi reyting 48-o‘rin)
  6. (57) O‘zbekiston — 1,432.00 (+7.07) (oldingi reyting 58-o‘rin)
  7. (58) Iroq — 1,430.95 (-11.91) (oldingi reyting 56-o‘rin)
  8. (59) Saudiya Arabistoni — 1,416.42 (+9.86).
  9. (63) Iordaniya — 1,383.99 (+8.08) (oldingi reyting 64-o‘rin)
  10. (66) BAA — 1,375.07 (-10.50) (oldingi reyting 63-o‘rin)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar