Daryo

Xorazm viloyatining uchta tumaniga yangi hokim tayinlandi

Hududlarda xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tgan

1 daqiqa o‘qish7 898 ko‘rishlar0 izoh1

Xorazm viloyatining Hazorasp, Xonqa va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Maqsudbek Abdullayev Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

U Tuproqqalʼa tumanidagi “New Best Style” MCHJ taʼsischisi bo‘lib faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Ulug‘bek Davlatov Xonqa tumani hokimi etib tayinlandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

U tayinlovga qadar Yangibozor tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari, Muradbek Davlatov Shovot tumani hokimi etib tayinlandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

U tayinlovga qadar Xonqa tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar