Daryo

Superliga. “OKMK” o‘z uyida “Xorazm”ni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuv yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish3 050 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuv yakunlandi. Unda Olmaliqning “OKMK” jamoasi Xorazmning “Xorazm” klubini qabul qildi.

Bahsning 14-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Siavash Haqnazari hisobni ochdi. Mehmonlar darvozabonining xatosidan foydalangan eronlik futbolchi maydon markaziga yaqin masofadan aniq zarba yo‘llab, Ergashev darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi hamda mezbonlar qiyin g‘alabaga erishdi — 1:0.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng “OKMK” 32 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Xorazm” esa 20 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olgan.

“OKMK” 21-tur doirasida “Paxtakor”ni o‘z maydonida qabul qiladi. “Xorazm” esa “So‘g‘diyona” jamoasi bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 20-tur

“OKMK” — “Xorazm” 1:0Gollar: 1:0 — Haqnazari (14).

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar