Daryo

Abduqodir Husanovning transfer narxi 3 barobar oshdi

Angliya chempionatida o‘ynaydigan futbolchilar transfer narxi yangilandi

1 daqiqa o‘qish119 520 ko‘rishlar1 izoh0

Angliya chempionatida o‘ynaydigan futbolchilarning transfer narxi yangilandi. O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi futbolchisi Abduqodir Husanovning transfer summasi 3 barobar oshib, 35 million yevroga yetdi. 

Foto: Manchester City press

Futbolchining oldingi narxi 12 million yevro edi. U qishda Angliyaga ko‘chib o‘tgach, 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, himoyachi “shaharliklar” safida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. 

Husanov shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi safida harakat qilgan eng qimmat futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. Bunga qayd etilgan natija Eldor Shomurodovga tegishli bo‘lib, u 2021-yil “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgach, 14 million yevroga baholangan edi.

Abduqodir Husanov  hozirgi payt nafaqat O‘zbekiston terma jamoasi, balki Markaziy Osiyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. 

Foto: Transfermarkt

Ma’lumot uchun, 20-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga tushadi, 25-martda esa Eronga qarshi o‘ynaydi

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar