Daryo

Abduqodir Husanovga “Gelik”ni kim sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi (video)

Futbolchi 17-mart kuni Jahon chempionati saralash uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan edi

1 daqiqa o‘qish333 796 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisi Abduqodir Husanovga Mersedes-Benz G-Class (Gelendvagen) rusumli avtomashina sovg‘a qilishdi. 

Foto: O‘FA

Futbolchi bugun, 17-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralash uchrashuvlari doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Shundan keyin himoyachiga narxi taxminan 350 ming dollar turadigan avtomobilni sovg‘a qilishgani haqida video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, asli qozog‘istonlik o‘zbek futbol funksioneri Ulug‘bek Asanbayev qimmatbaho avtomobilni may oyida oila qurishni mo‘ljallayotgan Husanovga to‘yona qilgan. 

Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoalar fan-klubi raisi va bloger Abdurahmon Fozilovning xabar berishicha, Husanov JCH saralashi doirasidagi 25-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Eronga qarshi bahsdan keyin Angliyaga qaytib ketadi. 

Uning Tehrondan Manchesterga xavfsiz qaytishi uchun “shaharliklar” rahbariyati Eronga samalyot jo‘natadi, deydi Abdurahmon Fozilov. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash uchrashuvlari uchun bugun, 17-mart kuni yig‘inga kirishadi. “Oq bo‘rilar” 20-mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga tushsa, 25-mart kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Eron bilan o‘ynaydi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar