Daryo

Ozarbayjon va Armaniston tinchlik bitimi matni bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Ikki mamlakat vakillari bitimni imzolash muddati va joyi bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlashga tayyor ekanligini aytgan

1 daqiqa o‘qish4 530 ko‘rishlar0 izoh0

Ozarbayjon va Armaniston tinchlik bitimi matnini kelishish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda 13-mart kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Foto: Report.az

Uning aytishicha, Armaniston Ozarbayjon tomonining bitimning so‘nggi kelishilmagan ikki bandi bo‘yicha takliflarini qabul qilgan.

“Keyingi bosqichda Bokuning kutganidek, Armaniston o‘z konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishi lozim, chunki unda hali ham Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volar mavjud”, dedi vazir XII Global Boku forumi doirasida.

News.am nashrining xabar berishicha, Armaniston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham “Armaniston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida tinchlik va davlatlararo munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risida”gi bitim loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishilganligini va ushbu loyiha bo‘yicha bitim yuzasidan muzokaralar yakunlanganligini tasdiqlagan.

Ikki mamlakat vakillari bitimni imzolash muddati va joyi bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlashga tayyor ekanliklarini aytishgan. 

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ikki mamlakat o‘rtasidagi Davlat chegarasi to‘g‘risidagi bitimni imzolagani xabar berilgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar