Daryo

Rossiya Armanistonga Ozarbayjon orqali don yetkazib berdi

Mazkur bug‘doy eksporti 1990-yillardan beri ilk bor temiryo‘l orqali amalga oshirildi.

1 daqiqa o‘qish2 203 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya 1990-yillardan beri ilk marta Ozarbayjon orqali temiryo‘l bilan Armanistonga bug‘doy yetkazib berdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchukga ko‘ra, Rossiya–Armaniston temiryo‘l aloqasining Ozarbayjon va Gruziya hududi orqali tiklanishi Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlik yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

“Bu yo‘nalish mamlakatlarimiz o‘rtasida mustaqillikdan keyingi davrda ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri temiryo‘l aloqasini ta’minladi. Bu voqea Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatish va iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi amaliy natijadir”, degan Overchuk.

Overchuk Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya hukumatlariga transport yo‘llarini qayta ochishdagi hamkorligi uchun minnatdorlik bildirgan. Rossiya hukumatining ma’lum qilishicha, yangi yo‘nalish orqali ilk partiya – 15 ta vagon, ya’ni qariyb ming tonna bug‘doy Armanistonga yetkazilgan.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, bu yo‘l tufayli Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Armanistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri va arzonroq transport xarajatlari bilan yetkazish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Rejaga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyigacha yana 132 ta vagon bug‘doy shu yo‘nalish orqali tashiladi. Kelajakda boshqa turdagi yuklarni ham tashish rejalashtirilgan. Armaniston yiliga 450–500 ming tonna don import qiladi, bu hajmning deyarli barchasi Rossiyadan keltiriladi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar