Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda FVB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 12-mart kuni soat 17:42 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Qushbegi dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 17:48 da yetib borib, yong‘in soat 17:57 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
So‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar
2024-yilning 13-oktyabr kuni Yunusobodda yangi qurilayotgan binoning tomi yonib ketgandi. 16-oktyabrda esa Mirobod tumanida joylashgan “Miran” mehmonxonasining qurilishi davom etayotgan eski binosida yong‘in chiqdi.
Shuningdek, 20-oktyabr kuni soat 16:54 da Shayxontohur tumanidagi “Bildirish” tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi.
Bundan tashqari, Olmazor tumani “Chinobod” MFY, Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida 31-oktyabr kuni soat 02:13 da yong‘in sodir bo‘ldi.
20-noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, “Lashkarboshi” MFY Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in sodir bo‘ldi.
31-dekabr kuni Chilonzor tumanidagi ovqat tayyorlash joyida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
2025-yil 25-fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-dahasida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yong‘in sodir bo‘lgandi.








