Daryo

“Manchester Siti” muxlislari Abduqodir Husanovga laqab qo‘ydi

Ushbu laqab “Bavariya”ning sobiq futbolchisi Bekkebauer nomidan olingan

1 daqiqa o‘qish86 180 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” muxlislari jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovga laqab o‘ylab topishdi. Endilikda ular o‘zbekistonlik futbolchini “Uzbekkenbauer” deb atashmoqda, deb yozadi futbol eksperti Vadim Lukomskiy.

Foto: Repost.uz
Abduqodir Husonov nafaqat “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi, shuningdek, u kichik rekord ham qayd etdi. Husanov klubning butun tarixi davomida eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchiga aylandi. Muxlislar bu e’tirofni ajoyib laqab bilan mustahkamlashdi – “Uzbekkenbauer”, – deb yozadi Lukomskiy.

Ushbu laqab futbol tarixidagi afsonaviy himoyachi, Germaniya terma jamoasi va “Bavariya”ning sobiq futbolchisi Frans Bekkebauer nomidan olingan. Bekkebauer himoyadagi ajoyib o‘yini va maydondagi yetakchilik fazilatlari bilan mashhur bo‘lib, u futbol tarixidagi eng buyuk himoyachilardan biri hisoblanadi.

Ma‘lumot uchun, Abduqodir Husanov fevral oyida “Siti” safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 gol urishni uddaladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar