Daryo

Abduqodir Husanov “Tottenhem”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Angliya chempionati 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar doirasida “Manchester Siti” London klubiga qarshi bahs olib boradi

2 daqiqa o‘qish14 888 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar doirasida “Manchester Siti” “Tottenhem”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin bugun, 26-fevral kuni tunda bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli sport nashrlari “Manchester Siti”ning ushbu uchrashuv uchun tanlashi mumkin bo‘lgan asosiy tarkibi borasida taxminlarini bildirdi.

Opta nashri Pep Gvardiola o‘yin uchun 4-2-3-1 taktikasidan foydalanadi, deya hisoblamoqda va himoyada Yoshko Gvardiol, Ruben Dias, Abduqodir Husanov va Riko Lyuis to‘rtligi o‘ynashini taxmin qilmoqda. So‘nggi bir necha bahslarni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan Erling Holand ham safga qaytishi mumkin.

Foto: Opta

Yana bir nashr 90min ham tarkib bo‘yicha o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi.  Unga ko‘ra “Manchester Siti” bugun London klubiga qarshi quyidagi tarkib bilan maydonga tushadi:

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Levis, Husanov, Ake, Ruben Dias, Niko Gonsales, Bernardu Silva, Savinyo, Omar Marmush, Jeremi Doku, Erling Holand.

Ushbu nashr ham Abduqodir Husanov dastlabki daqiqalardan maydonga tushishini taxmin qilmoqda va o‘zbekistonlik futbolchiga quyidagicha ta’rif bergan:

“Siti” yanvarda xarid qilgan Husanov ancha yaxshi o‘yin o‘tkazmoqda. Uning debyuti biroz omadsizroq o‘tgan bo‘lsa-da, qolgan bahslarda ancha ishonchli harakat qilmoqda.

Angliyadagi yana bir nufuzli nashrlardan bir Standart.co.uk nashri ham “Tottenhem” — “Manchester Siti” uchrashuvining boshlang‘ich tarkibi borasida o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekistonlik futbolchi bugun boshlang‘ich tarkibdan joy olmadi. 

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Levis, Dias, Ake, Gvardiol, Gonsales, Gyundo‘g‘an, Savinyo, Foden, Doku, Holand.

Manchestercity.news nashri ham Abduqodirni ilk daqiqalardan boshlab Londonda kechadigan markaziy bahsda maydonga tushadi deya hisoblamoqda. 

Foto: Manchestercity.news

Mashhur Onefootball nashri Gvardiola bugun tunda bo‘ladigan uchrashuvda ilk daqiqalardan o‘ynaydigan futbolchilar borasida Husanovga ishonch bildiradi deya hisoblamoqda. 

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Nunesh, Husanov, Ake, Gvardiol, Gonsales; Foden, De Bryuyne, Kovachich, Doku, Marmush.

“Tottenhem” hozirda 33 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinni egalab turibdi.  “Manchester Siti” 44 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onani band etgan.

Ma’lumot uchun, uchrashuv bugun, 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar