Daryo

“Liverpul” Abduqodir Husanovni sotib olishga tayyor

Mersisayd klubi 47 million funt sterling evaziga o‘zbekistonlik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.

1 daqiqa o‘qish40 712 ko‘rishlar0 izoh75

Angliyaning “Liverpul” klubi Abduqodir Husanovning o‘yinlarini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqda va futbolchini xarid qilishga tayyor. Bu haqda jamoaga oid insayd ma’lumotlarni sizdiruvchi “Anfield Papers” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, agar “Manchester Siti” Husanov transferi uchun 47 million funt sterlingdan yuqori narx talab qilmasa, “Liverpul” ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor.

2026-yil yozda Mersisayd klubi himoychisi Ibrahima Konate jamoani tark etishi ehtimoli mavjud ekani sababli o‘zbekistonlik himoyachi uning o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda.

Konatening mersisaydliklar bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakunlanadi. Klub futbolchiga boshqa top jamoalar tomonidan katta qiziqish bo‘lishini kutmoqda.

Avvalroq Konatega Madridning “Real” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Qirollik klubi” futbolchini tekinga qo‘lga kiritishdan manfaatdor.

Transfermarkt portali Konatening qiymatini 50 million yevro etib belgilagan.

Ayni paytda o‘zbekistonlik futbolchining transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda. Husanov hozirda Angliya Premyer ligasida to‘p tepayotgan eng qimmat 96-futbolchi hisoblanadi. “Manchester Siti” tarkibida esa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 16-o‘rinni egallab turibdi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar