Daryo

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida o‘ziga xos rekord qayd etdi

Husanov oy futbolchisi sovriniga nomzodlar qatorida Holand va Gvardiol bilan birga ko‘rsatilgan edi

1 daqiqa o‘qish44 431 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. U ushbu sovrinni qo‘lga kiritishda Erling Holand va Yoshko Gvardiolni ortda qoldirib, klub tarixida eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchiga aylandi.

Foto: Manchester City

Fevral oyida yosh himoyachi ilk golini urdi. Angliya kubogi 4-bosqichida “Leyton Orient” klubiga qarshi bahsda jamoasiga muhim golni keltirdi. APL doirasidagi “Nyukasl”, “Liverpul” va “Tottenhem”ga qarshi o‘yinlarda ham to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorni deyarli imkonsiz qoldirdi.

Mazkur ishonchli o‘yinlari tufayli Abduqodir “Manchester Siti”ning oy futbolchisi sovriniga nomzodlar qatorida Holand va Gvardiol bilan birga ko‘rsatilgan edi. Natijada Husanov bu sovrinni qo‘lga kiritib, klub tarixida eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchiga aylandi. Bu yosh himoyachi uchun katta yutuq bo‘lishi bilan birga, uning “Manchester Siti” muxlislari orasida ham katta e’tirofga ega ekanini ko‘rsatib turibdi.

So‘nggi haftada Husanov “Plimut”ga qarshi Angliya kubogi bahsida dam oldi, ammo u shanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Nottingem Forest”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibdan joy olishi kutilmoqda. Ushbu bahsda “Manchester Siti” g‘alaba qozonsa, Premer-ligada uchinchi o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar