Daryo

Adliya va ichki ishlar vazir o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev hamda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i, polkovnik Shavkat Rahmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Ushbu ma’lumotni har ikki vazirlik axborot xizmati “Daryo”ga tasdiqladi

1 daqiqa o‘qish15 662 ko‘rishlar0 izoh0

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev hamda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari  — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i, polkovnik Shavkat Rahmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Ushbu ma’lumotni har ikki vazirlik axborot xizmati “Daryo”ga tasdiqladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aytishlaricha, Xudoyor Meliyev o‘zining tug‘ilgan kunida — 24-fevral kuni bo‘shatilgan. Uning iste’fosi bo‘yicha rasmiy axborot hamon e’lon qilingani yo‘q. Shuningdek, uning nima sababdan bo‘shatilgani va qaysi lavozimga tayinlangani haqida ham ma’lumotlar mavjud emas. Vazirlik rasmiy saytida uning lavozimi “vakant” deya ko‘rsatilgan.

Meliyev Xudoyor Xurramovich 1980-yilda tug‘ilgan. U 2019-yilning yanvaridan buyon vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. O‘rinbosarlikka qadar Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shavkat Rahmonov

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ham lavozimidan olingan. Bu bo‘yicha ham axborot berilmadi, ammo rasmiy saytda u haqdagi ma’lumotlar o‘chirib tashlangan.

Polkovnik Shavkat Rahmonov muqaddam Xorazm viloyati IIB (2017–2019-yillar), Samarqand viloyati IIB (2019–2022) va Namangan viloyati IIB (2022–2023) rahbari lavozimlarida ishlagan. 2023-yil fevraldan buyon O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston IIVni 2017-yil sentyabridan buyon boshqarib kelgan general-leytenant Po‘lat Bobojonov 2025-yil 3-mart kuni lavozimini tark etdi, u prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘lgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar