Daryo

Azamat Mirzayev Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi

U tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan

1 daqiqa o‘qish16 475 ko‘rishlar0 izoh0

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Azamat Mirzayev Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

U tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Avvalroq adliya katta maslahatchisi Kasimov Dilmurod bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Bundan avval Po‘lat Bobojonov prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi. General-leytenant Po‘lat Razzoqovich Bobojonov 2017-yil sentyabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning o‘rnini shu paytga qadar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Aziz Toshpo‘latov egalladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar