Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze 4-5-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.
2022-yilning iyulida o‘sha vaqtdagi Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Toshkentga kelgandi. Tashrif chog‘ida Irakliy Garibashvili prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lib, ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olingandi.
2023-yilning iyulida esa O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 17-18-iyul kunlari Tbilisida bo‘lib, Gruziya hukumati bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Izoh (0)