Daryo

HAMAS yanglishilgan jasadni Isroilga qaytardi

Isroil 602 nafar falastinlik mahbus evaziga 5 nafar isroillik garovdagilarni ozod qilmoqda

1 daqiqa o‘qish4 933 ko‘rishlar0 izoh0

HAMAS 21-fevral kuni Isroilga halok bo‘lgan Shiri Babasning jasadi va 22-fevral kuni besh nafar isroillik garovdagilarni topshirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: NYT

HAMAS 20-fevral kuni Shiri Babasning jasadi o‘rniga noma’lum shaxsning jasadini yuborgani tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Isroil bu tomonlar o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishini ta’kidlagan. HAMAS jasad topshirishdagi chalkashlik sababini aniqlashga va’da bergan.

Shundan so‘ng jasad 21-fevral kuni kechqurun Qizil Xoch xodimlariga topshirilgan. HAMAS marhuma Isroil armiyasining havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganini aytgan. Yahudiy davlati esa mazkur ma’lumotni rad etmoqda.

HAMAS 22-fevral kuni Qizil Xoch xodimlariga garovga olingan besh nafar isroillikni topshirdi. Bu safar garovga olinganlarni topshirish turli joylarda bo‘lib o‘tdi. Dastlab 39 yoshli Tal Shoham va 38 yoshli Averi Mengistni G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida topshirilgan.

Eliya Cohen (L), Omer Shem Tov and Omer Wenkert, flanked by armed fighters, on stage at a Hamas propaganda ceremony for their release in Gaza on February 22, 2025 (Screen grab/YouTube)

Yana uch nafar garovga olinganlar — 27 yoshli Eliya Koen, 23 yoshli Omer Venkert, 22 yoshli Omer Shemtov esa Nusayrat qochqinlar lagerida yuborilgan. Bundan tashqari, HAMAS harakati 2015-yildan beri asirlikda bo‘lgan Hishom as-Saidni Isroilga topshirishi kutilmoqda. 

Avera Mengistu va Hishom as-Said o‘n yildan ortiq vaqt davomida HAMAS qo‘lida asirlikda bo‘lgan, qolgan to‘rt nafari 2023-yil 7-oktyabrda o‘g‘irlab ketilgan. Mengistu va as-Saidda ruhiy buzilishlar aniqlangan. Ular asirga tushishdan oldin Isroil va G‘azo sektori chegarasini 10 yil oldin o‘zlari kesib o‘tgan.

Bular HAMAS Isroil bilan tinchlik kelishuvining birinchi bosqichi doirasida ozod qilish majburiyatini olgan 33 nafar garovga olinganlarning so‘nggisi. Isroil almashinuv doirasida 22-fevral kuni 602 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qiladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar