Daryo

Netanyaxu G‘azodagi urushni butunlay tugatish shartini aytdi

U AQSHga safari davomida HAMASga aloqador shartlarni ilgari surdi

1 daqiqa o‘qish19 094 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu agar HAMAS rahbarlari hokimiyatdan voz kechib, “surgun”ga rozi bo‘lsa, G‘azodagi urushni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda manbalarga tayanib, Axios xabar berdi.

Foto: AP Photo

Manbalarga ko‘ra, Netanyaxu o‘z rejasini Vashingtonga safari davomida taqdim etgan. Isroil bosh vaziri garovdagilarning ko‘pini ozod qilish uchun HAMAS bilan kelishuvning birinchi bosqichini uzaytirmoqchi. Hozirda 33 kishini ozod qilish rejalashtirilgan. Buning evaziga Isroil yanada ko‘proq falastinlik mahbuslarni ozod qilishga tayyor, ammo ularning aniq soni keltirilmagan.

Amerika rasmiylari ta’kidlashicha, Netanyaxu kelishuvning birinchi bosqichini uzaytirsa, ikkinchi bosqich bo‘yicha muzokaralar chog‘ida HAMASga taklif berishi mumkin. U G‘azodagi urushni to‘xtatish va “yuqori martabali” falastinlik mahbuslarni ozod qilishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Isroil buning evaziga HAMASdan garovga olinganlarni ozod qilishni va G‘azodagi hokimiyatdan voz kechishni talab qiladi. HAMAS rahbarlari, jumladan, ozodlikka chiqadiganlari ham “uchinchi mamlakatga” surgun qilinadi”, deydi manbalar.

Isroilning yuqori martabali amaldorlari HAMAS G‘azo ustidan “fuqarolik nazoratidan” voz kechishga va Falastin ma’muriyatini tiklash uchun mas’uliyatni mustaqil qo‘mitaga topshirishga rozi bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Biroq Falastin harakati tarqatib yuborilishga tayyor emas.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish 19-yanvardan kuchga kirdi. Birinchi bosqich 42 kun davom etadi. Ikkinchi bosqichda barcha qolgan garovdagilarni ozod qilish va urushni butunlay to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlash ko‘zda tutilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar