Daryo

Netanyaxu ofisi HAMASni sulhni buzishga urinishda aybladi

Falastinning HAMAS harakati mazkur ayblovlarga javob qaytardi

1 daqiqa o‘qish8 835 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi HAMAS harakatini G‘azo sektori bo‘yicha bitim talablaridan voz kechishda aybladi. Bunga javoban HAMAS kelishuvga amal qilishini ta’kidladi.

“HAMAS kelishuvga erishishga to‘sqinlik qiluvchi inqirozni so‘nggi lahzada keltirib chiqarib, bitimdan voz kechmoqda. HAMAS so‘nggi daqiqada bosim o‘tkazish maqsadida vositachilar va Isroil bilan kelishilgan aniq shartlardan bosh tortmoqda”, deyiladi Netanyaxu idorasida.

Isroil bosh vaziri kanselyariyasiga ko‘ra, vositachilar HAMAS bitimning barcha bandlarini qabul qilgani haqida xabar bermaguncha, vazirlar mahkamasi G‘azo bo‘yicha kelishuvni tasdiqlash uchun yig‘ilmaydi.

Falastinning HAMAS guruhi bunga javoban o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimga sodiqligini ma’lum qildi. Ma’lumotni harakatning yuqori martabali vakili Izzat al-Rashik tasdiqladi. 

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish 19-yanvardan boshlanishi kerak. Mart oyining boshigacha tomonlar garovga olinganlar va harbiy mahbuslarni almashadi, Isroil qo‘shinlari chegaraga chekinadi. Birinchi bosqichda guruh Isroilga 33 nafar garovga olinganlarni topshirishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar keyinroq kelishib olinadi. HAMAS shartlarga roziligini bildirgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar