Daryo

Turkiyaga shartli kirish bekor qilindi

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

1 daqiqa o‘qish34 088 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga shartli kirish (şartlı giriş) tartibi bekor qilinganini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, ushbu tartib Turkiya Migratsiya boshqarmasi tomonidan 2025-yil fevral oyidan boshlab bekor qilingan. Norasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yil fevral oyining boshidan shu kunga qadar 150 dan ortiq xorijiy fuqarolar aeroportlarda ushbu yangi qoidalar haqida oldindan xabardor bo‘lmagani sababli muammolarga duch keldi.

Nima o‘zgardi?

Oldin Turkiyada qonuniy qolish muddatini oshirgan yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olish bo‘yicha rad javobi olgan xorijiy fuqarolar mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) orqali qaytib kelishlari va 10 kun ichida yangi ariza topshirishlari mumkin edi. Endi bu imkoniyat to‘liq bekor qilindi. O‘z vaqtida chiqib ketmagan yoki yashash guvohnomasi olishda rad etilgan fuqarolar darhol Turkiyaga qaytolmaydi.

Yangi qoidalarga muvofiq, fuqarolikka qarab Turkiyaga kirish taqiqi 3 oydan 6 oygacha bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan Bosh kosulxona Turkiyaga kelish niyatida bo‘lgan vatandoshlarni ushbu kiritilgan o‘zgarishni inobatga olishga chaqirdi.

“Turkiyaga safar qilishdan oldin mazkur davlat migratsiya qoidalari bilan tanishing. Hujjatlaringizda muammo yo‘qligiga ishonch hosil qiling”, deyiladi Bosh konsulxona eslatmasida.

Bosh konsulxona agar qonuniy qolish muddati tugagan bo‘lsa yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olishda rad etilgan bo‘lsa, ushbu mamlakat qonunini hurmat qilgan holda tark etishni so‘radi. Chunki bu turdagi qoidabuzarliklar Turkiyaga qaytish imkoniyatining cheklab qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar