Daryo

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ushbu davlatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshirish va bir qator xavfsizlik talablariga rioya etishga chaqirdi.

1 daqiqa o‘qish6 335 ko‘rishlar0 izoh3

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshirish va bir qator xavfsizlik talablariga rioya etishga chaqirdi.

Fuqarolardan kundalik turmushda o‘zlarining sog‘liq va hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan shubhali vaziyatlardan uzoqda bo‘lish, ommaviy yig‘in va namoyishlarda qatnashishdan saqlanish, shuningdek, odamlar gavjum joylarda hushyorlikni yanada oshirish so‘raldi.

Qonuniy huquq va manfaatlari har qanday shaklda buzilgan, og‘ir yoki favqulodda holatga tushib qolgan fuqarolar zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot organlariga 155 (politsiya) yoki 156 (jandarmeriya) qisqa raqamlari orqali, shuningdek, Bosh konsulxona 24/7 ishonch telefoniga murojaat etishlari kerak.

Qayd etilishicha, agar o‘zbekistonlik fuqaro yoki uning yaqinlarini mahalliy huquq-tartibot idoralari qo‘lga olsa, ozodligini cheklasa yoki ayb e’lon qilsa, advokat himoyasini talab qilish, yaqinlarga telefon orqali xabar berish yoki Bosh konsulxona bilan bog‘lanishga haqli.

“Hurmatli vatandoshlar! Sizning huquq va manfaatlaringiz davlat himoyasidadir!”, deyiladi Bosh konsulxona xabarida.

Bosh konsulxona pul evaziga Turkiyada bo‘lish hujjatlarini rasmiylashtirish va daromadli ish, shuningdek, AQSH va Yevropa davlatlari vizalarini va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Bundan tashqari, rasmiy ruxsatnomasi bo‘lmagan taksi xizmatlaridan foydalanmaslik (ayniqsa, ayol va yolg‘iz kishilar) so‘raldi.

28-mart kuni O‘zbekistonda yirik miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan 40 va 38 yoshli ikki fuqaro Turkiyada qo‘lga olinib,  javobgarlikka tortilishi uchun vatanga qaytarilgandi. Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarini qonunlarga qat’iy rioya etishga, har qanday noqonuniy harakatlardan tiyilishga chaqirgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar