Daryo

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 669 ming so‘m etib belgilandi

Minimal isteʼmol xarajatlari qiymati oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari darajasidan kelib chiqib indeksatsiya qilib boriladi

1 daqiqa o‘qish14 822 ko‘rishlar1 izoh0

Statistika agentligi tomonidan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati qayta hisoblandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2024-yil dekabr oyida may oyiga nisbatan hisoblangan isteʼmol narxlari indeksidan kelib chiqib, 2025-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.

Minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibiga asosan, kelgusi yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari darajasidan kelib chiqib indeksatsiya qilib boriladi.

Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Maʼlumot uchun, 2024-yil 1-mayda eʼlon qilingan qiymat 648 ming so‘mni tashkil etgandi.

Shuningdek, 2022-yilda yil minimal iste’mol xarajatlari qiymati 498 ming so‘m etib belgilangandi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 440 ming so‘mni tashkil etgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar