Daryo

Farg‘onada Damas’ni boshqargan voyaga yetmagan bola BYD bilan to‘qnashib, vafot etdi

BYD’ni YPX xodimi jarima maydoniga olib ketayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish35 404 ko‘rishlar0 izoh1

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Damas va BYD Song EV to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan bola vafot etdi. YTH videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Telegram

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, 30-yanvar kuni o‘tkazilayotgan reyd tadbiri davomida, 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. amakisi Yo.G‘.ga tegishli BYD Song EV rusumli avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, YPX inspektori, safdor R.Q. tomonidan jarima maydonchasiga olib ketilayotganda, 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.N. ustozi A.S.ga tegishli (ustozi A.S. voyaga yetmagan X.N.ning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligini bila turib, avtomobilni unga bergan) Damas avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, “Qapchug‘ay” mahallasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib yuborishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

Oqibatda Damas’ni boshqargan bola X.N. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Videoda Damas qoidani qo‘pol tarzda buzib yo‘lga chiqqanini, shuningdek YPX xodimi boshqaruvidagi BYD esa 84 km/soat tezlikda kelib urilganini ko‘rish mumkin. Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, aholi punktlarida transport vositalarining tezligi soatiga 70 kilometrdan oshmasligi lozim. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Jizzaxda avtobus yo‘l tozalaydigan maxsus transport vositasiga borib urilgani, Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Andijonda katta tezlikda harakatlangan Spark daraxtga borib urilgani, Samarqandda “Jiguli” YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 

O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 2203 kishi vafot etgan, 8901 nafari tan jarohati olgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar