Daryo

Turkiyadan yana bir o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

U odam savdosida ayblanmoqda

1 daqiqa o‘qish22 980 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, u 1990-yilda tug‘ilgan O‘g‘ilxon Saliyeva bo‘lib, o‘zbekistonlik fuqarolarni chet elda qonunga xilof ravishda hujjatlarini olib qo‘ygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rganlardan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raldi.

2024-yil noyabrida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlanib, Toshkentga deportatsiya qilingandi. Dekabr oyida o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlanib, Toshkentga deportatsiya qilingandi.

2025-yil yanvarida avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi.

Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar