Daryo

Isroil hukumati G‘azo sektorida sulh bitimini ma’qulladi

Avvalroq Falastinning HAMAS harakati bilan urushni to‘xtatish haqidagi kelishuv Isroil harbiy idoralari tomonidan ma’qullangandi

1 daqiqa o‘qish6 743 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish uchun ovoz berdi va anklavdagi garovga olinganlarni ozod qilish jarayonini boshladi. Avvalroq Falastinning HAMAS harakati bilan urushni to‘xtatish haqidagi kelishuv Isroil harbiy idoralari tomonidan ma’qullangan edi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, 24 vazir yoqlab, sakkiz nafari qarshi ovoz bergan. HAMAS bilan kelishuv 19-yanvar kuni, birinchi 3 nafar garovga olingan asirlikdan ozod etilgandan so‘ng kuchga kirishi kerak. Yana 30 kishi 42 kun ichida ozod qilinadi.

Yig‘ilishda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Qo‘shma Shtatlar HAMAS tomonidan kelishuvlar buzilgan taqdirda mamlakatga harbiy harakatlarni qayta boshlash kafolatini taqdim etganini aytdi.

“Prezident Tramp o‘z lavozimiga kirishgach, yetkazib berish to‘xtatilgan barcha qurollarni yana olishimizni ta’minlaydigan bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi Netanyaxu.

15-yanvar kuni Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon at-Tani Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvni e’lon qildi. 17-yanvar kuni kelishuvni Binyamin Netanyaxu tasdiqladi.

Kelishuvning birinchi 42 kunlik bosqichida Isroil G‘azo sektoridan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaydi va HAMAS 33 nafar garovga olinganlarni ozod qiladi.

Ikkinchi bosqichda barcha garovga olinganlarni ozod qilish, Isroil qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketish va Isroildagi mingdan ortiq mahbuslarni ozod qilish nazarda tutiladi.

Uchinchi bosqichda halok bo‘lganlarning jasadlari almashtiriladi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar