Daryo

Husiylar Isroilga o‘t ochishni to‘xtatdi

Yaman husiylari Falastin xalqiga birdamlik sifatida Isroilni va unga aloqador kemalarni nishonga olayotgandi

1 daqiqa o‘qish9 562 ko‘rishlar0 izoh0

Yaman husiylari Isroil hududini o‘qqa tutishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda Ediot Axronot nashri xabar berdi.

Husiylar vakiliga ko‘ra, ular Isroil va HAMAS o‘rtasida tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimga rioya qiladi. Isroil hududlarini nishon olish 19-yanvar kunidan, ya’ni kelishuv rasman kuchga kirgandan so‘ng to‘xtatiladi. Husiylar Isroilning “mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikka tahdid bo‘lib qolayotgani”ni ta’kidladi.

15-yanvar kuni Isroil va HAMAS harakati 460 kundan ortiq davom etgan urushdan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. U G‘azodagi aksariyat garovdagilarni Isroil qamoqxonalaridagi mahbuslar evaziga ozod qilish, o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan bosqichma-bosqich olib chiqishni nazarda tutadi.

Husiylar 2023-yil oktyabr oyida G‘azoda urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay Isroilga hujum qila boshlashdi. Ular shu paytgacha jami 350 dan ortiq dron va raketalarni uchirdi. Bundan tashqari, husiylar Qizil dengizdagi Isroilga aloqador kemalarga hujum qilmoqda. Ular buni Isroil armiyasi harakatlari oqibatida halok bo‘layotgan G‘azo aholisi bilan birdamlik belgisi sifatida amalga oshirayotganini aytgan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar