Daryo

Tramp Falastinni qo‘llab-quvvatlaganlarni deportatsiya qilmoqchi

HAMAS tarafdori bo‘lgan talabalar vizalaridan mahrum etiladi

1 daqiqa o‘qish5 132 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin orada antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. U  Falastinni qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqqan xorijliklar, shu jumladan, talabalar uchun vizalarni bekor qilishni nazarda tutadi. Bu haqda Oq uydagi manbasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

“AQSHda istiqomat qilayotgan va namoyishlarga qo‘shilgan barcha chet el fuqarolariga ma’lum qilamiz: 2025-yilda sizlarni aniqlab, mamlakatdan chiqarib yuboramiz. Shuningdek, radikallashuv bilan to‘lgan universitet kampuslaridagi HAMASning barcha tarafdorlari uchun talaba vizalarini zudlik bilan bekor qilaman”, dedi Tramp farmonga ilova qilingan axborot byulletenida.

Bundan tashqari, u “amerikalik yahudiylarga nisbatan terrorchilik tahdidi, o‘t qo‘yish, vandalizm va zo‘ravonlik” uchun javobgar bo‘lgan barcha shaxslarni ta’qib qilishga va’da berdi.

Federal agentliklarga 60 kun ichida xorijiy faollarni, shu jumladan talabalarni deportatsiya qilish uchun qonuniy mexanizmlarni topish bo‘yicha ko‘rsatma beriladi. Tramp prezidentlikka nomzodlik davrida HAMASni qo‘llab-quvvatlovchi talabalarni deportatsiya qilishga chaqirgandi.

Inson huquqlari guruhlari va huquqshunos olimlar ta’kidlashicha, yangi chora so‘z erkinligi bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarni buzadi va ehtimol, huquqiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar