Daryo

O‘zbekistonning ikki viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Bunga 18—22-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish15 144 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Bunga 18—22-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Ushbu hududlar:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tog‘ tizmasi);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

“O‘zgidromet” avvalroq hafta o‘rtasidan bulutlilik oshishini ma’lum qilgandi.

30—31-dekabr va 1—3-yanvar kunlari ham Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon e’lon qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar