“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 15-dekabr, yakshanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi va ertalab 1-3 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi baʼzi joylarda biroz qor, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi baʼzi joylarda biroz qor, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 2 daraja sovuqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2 daraja sovuqqacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti blan qor yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8 daraja sovuqqacha pasayadi.
“O‘zgidromet” yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilayotganini, havo harorati keskin pasayishini avvalroq ma’lum qilgandi. Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 17 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.








