Daryo

Samarqandda 5 nafar erkak vafot etdi. Ular aroqdan zaharlangan bo‘lishi mumkin

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish19 956 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrida 13 kishi qo‘lbola aroqdan zaharlanib o‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga bergan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 5 kishi vafot etgan.

Ular shaharning turli mahallalarida yashovchi 63, 50, 72, 39 va 56 yoshdagi erkaklar bo‘lib, to‘rt nafari o‘z yashash xonadonida, yana biri shifoxonada 11-yanvar kuni vafot etgan. Aksariyati spirtli ichimlikka ruju quygan shaxslar bo‘lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhumlarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot hamda kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Andijon viloyatida 2024-yil dekabrida 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgandi. 22 kishi O‘zbekiston aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” nomli konyak iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgandi.

2023-yilning sentyabrida Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa va Oltiariq tumanlarida 7 kishi aroqdan zaharlangandi. Namanganda esa 2020-yil oxirlarida 12 kishi aroqdan zaharlanib, ularning ikki nafari vafot etgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar