Daryo

Farg‘onada 7 kishi aroqdan zaharlandi. Ulardan biri vafot etdi

Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish21 476 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa va Oltiariq tumanlarida 7 kishi aroqdan zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Unga ko‘ra, 5-sentabr kuni Qo‘shtepa tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro noma’lum moddadan zaharlanish oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Shuningdek, shu kuni Oltiariq tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro ham noma’lum moddadan zaharlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro A.D. bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlar tayyorlagan. Ushbu mahsulotlarga “Aktau” va “Karatau” nomli savdo belgili yorliqlarni yopishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bir oilaviy korxonasiga sotgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan 6-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 186 va 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi A.D. protsessual tartibda ushlandi. Tergov davom etmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar