Daryo

“Bitta gilam to‘qishga ikki yilgacha vaqt ketadi” — gilamdo‘z Nargiza Hasanova bilan suhbat

“Qo‘lda to‘qilgan gilamlar narxi 1,5 ming dollardan 15 ming dollargacha”, deydi hunarmand ayol

1 daqiqa o‘qish14 153 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahridagi qadimiy Registon maydonida ko‘plab do‘konlar faoliyat yuritadi. Ular orasida Sherdor madrasasi binosida joylashgan, qo‘lda to‘qilgan gilamlar sotiladigan kichik, ammo fayzli do‘kon sayyohlar bilan gavjum. “Daryo” muxbiri Samarqandga safari chog‘ida gilam do‘konida bo‘lib, gilamdo‘z va sotuvchi Nargiza Hasanova bilan suhbatlashdi.

Nargiza Hasanova
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Nargiza Hasanova 29 yildan beri gilam to‘qish bilan shug‘ullanayotgani va ushbu do‘konda ishlayotganini aytdi.

Foto: “Daryo”
“Shu paytgacha nechta gilam to‘qiganimni sanamaganman. Gilamlarimiz pilladan olinadigan ipak, qo‘y va echki junlaridan to‘qiladi. Tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Do‘konda ko‘p gilam to‘qib bo‘lmaydi. Chunki bu joy sayyohlar juda gavjum. Shunga ko‘p chalg‘iymiz. Lekin alohida fabrikalarimiz bor. Ularda 100 nafar to‘quvchi ishlaydi. Bir yilda yuzlab gilamlar to‘qiladi”, dedi hunarmand ayol.
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Nargiza Hasanova suhbat davomida gilamlar narxi ularning tugunlari soniga bog‘liq ekanini aytdi.

Foto: “Daryo”
“Tugunlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, gilam narxi shuncha ko‘tarilib boradi. Bizda 35 tadan 185 tagacha tugunli gilamlar bor. Narxiga kelsak, 35 ta tugunli gilam 1,5-2 ming dollardan, 185 taligi 12–15 ming dollardan sotiladi”, dedi gilamdo‘z.
Foto: “Daryo”

Nargiza Hasanovaning aytishicha, tuguni 35 talik gilamni to‘qish uchun 6–7 oy vaqt ketadi. 185 ta tugunli gilam to‘qish uchun esa ikki kishi kamida ikki yil ishlaydi.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar