Daryo

Xonadonimizdagi darhol qutulish kerak bo‘lgan 5 ta zararli buyum

Har bir uyda uchraydigan mazkur buyumlar foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.

2 daqiqa o‘qish24 475 ko‘rishlar1 izoh37

Uydagi jihoz va buyumlar insonlar og‘irini yengil qilib, yumushlarni osonlashtirishga hissa qo‘shadi. Ammo ayrim xayolimizga ham keltirmagan kundalik ro‘zg‘or predmetlari sog‘lig‘imizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Quyida hayotimizni ularsiz tasavvur etolmaydigan, ammo o‘ta zararli buyumlar ro‘yxati bilan tanishamiz:

1 Tagi yopishmaydigan tova

Foto: Getty Images

Antiprigar qoplamali qozon, tova kabi idishlar ovqat tayyorlash jarayonida issiqlik tufayli o‘zidan turli zararli is va moddalar ko‘taradi. Natijada xonadon egalarida jiddiy kasalliklar, jumladan, saratonga chalinish xavfi oshadi. Vaqtinchalik bo‘lgan qulaylik umringizga zomin bo‘lmasin.​

2 Idish-tovoq yuvadigan gubka​

Foto: Getty Images

Idishlarni yuvishda gubkalar bekalarning eng yaxshi yordamchisiga aylangan. Biroq vaqtida yangilanmagan gubkada turli mikroblar yig‘ilishi, jumladan, ichak tayoqchasi kasalligi avj olishi uchun qulay muhit yaratadi. Shu sababdan ham uni har haftada yangilab turish lozim, yo‘qsa yuvilgan idish, stol yuzasi va oshxonaning boshqa yerlarida mikrob ko‘payishiga olib keladi.

Gubkani mikroto‘lqinli pechda yoki idish yuvish mashinasida dezinfeksiya qilish foyda bermaydi.

3 Havo tozalovchi va xushbo‘y spreylar​

Foto: Getty Images

Hojatxonalarda qo‘llanadigan bunday spreylar reklamasi bizga yoqimsiz hiddan bir zumda xalos bo‘lishni va’da qiladi. Ammo uning ham bir qator kamchiliklari mavjud. Havo tozalagichlar tarkibidagi kislotali komponentlar teri va ko‘zlarning kuyishiga olib kelishi, o‘pka va nafas olish yo‘llariga zarar yetkazishi isbotlangan. O‘tkir hid esa allergik reaksiya kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

4 Antibakterial sovun

Foto: Getty Images

Pandemiya davrida antibakterial sovunlar mikroblarga qarshi kurashda keng qo‘llandi. Ammo tadqiqotlar ko‘rsatadiki, antibakterial vositalardan haddan ortiq foydalanish bakteriyalarning antibiotiklarga qarshi chidamliligi shakllanishiga olib keladi. Chunki antibakterial sovunlar barchada uchraydigan qo‘ldagi foydali bakteriyalarni ham yo‘q qilib yuboradi.

Gilamlar

​

Foto: Getty Images

Gilam xonadonga ko‘rk qo‘shadigan buyum bo‘lsa-da, unda to‘planadigan chang, turli bakteriyalar, mog‘or kabilar nafas yo‘llari kasalliklari va allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, uydagi barcha tekstil buyumlari — parda, yumshoq mebellar, matoli dekorlarda to‘planadigan chang xonadagi havo doimiy kirlanib turishiga olib keladi. Shu bois interyerda matoli predmetlarni kamaytirish maqsadga muvofiqdir.

Qashqadaryo viloyatidanman. 2024-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yildan buyon Lifestyle tahririyati muxbiri lavozimida ishlayman. Dostoyevskiy asarlarini, Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha”sini, oʻzbek adabiyotidan “Ikki eshik orasi”, “Muvozanat” asarlarini sevib mutolaa qilaman. “Oq kema”(Chingiz Aytmatov asari), “Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza” (Turkiya),“Majnuntol” (Eron) filmlarini yaxshi koʻrib tomosha qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar