Daryo

Gruziya bosh vaziri prezidentni qamash bilan tahdid qildi

U prezidentda ozodlik yoki qamoq tanlovi borligini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish12 915 ko‘rishlar0 izoh0

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze prezident Salome Zurabishvili lavozimini tark etishdan bosh tortsa, qamoqqa tushishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: RFE
29-kuni u iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Ko‘ramiz, hayotini qayerda davom ettiradi: qamoqdami yoki ozodlikda. O‘ylaymanki, Jinoyat kodeksi normalarini buzmaslik uchun uning aqli yetarli. Yana bir bor takrorlayman: hech kim 72 yoshli ayolni qamoqqa yuborishni istamaydi. Ammo bunday harakatlari bilan u prezident qarorgohida birga bo‘lganlarning barchasini xavf ostiga qo‘yadi, dedi Kobaxidze.

Nashrning eslatishicha, 2017-yildan boshlab Gruziya parlamentar demokratiya modeliga o‘tmoqda, bunda prezident faqat vakillik va marosim vazifalarini bajaradi. Zurabishvili 2018-yil dekabrda prezident bo‘lgan. U umumxalq saylovida g‘alaba qozongan bu lavozimda oxirgi shaxsdir. Yangi qoidalarga ko‘ra, endi prezidentni parlament a’zolari va hududiy vakillardan iborat 300 kishilik Saylovchilar hay’ati saylaydi. 14-dekabr kuni ular bu lavozimga Mixail Kavelashvilini tanlashdi.

Amaldagi prezident va gruzin muxolifati oktyabr oyidagi parlament saylovlarini soxtalashtirish deb hisoblagani uchun uning qonuniyligini tan olmayapti. Zurabishvili lavozimni tark etishdan va Orbeliani saroyidan chiqib ketishdan bosh tortmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar