Daryo

Gruziyada namoyishlar avj oldi, unda prezident ham qatnashdi (video)

Namoyishlar Yevropa ittifoqiga aʼzolik bo‘yicha muzokaralar bekor qilinganidan keyin boshlandi

1 daqiqa o‘qish16 440 ko‘rishlar0 izoh0

Gruziya poytaxti Tbilisida 28-noyabr kuni tunda norozilish namoyishlari avj oldi, unda mamlakat prezidenti Salome Zurabishvili ham ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: AFP

Namoyishchilar Gruziya parlamenti binosi oldida to‘plangan, politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlar yuz bergan. Politsiya parlamentga kirmoqchi bo‘lgan namoyishchilarni siqib chiqargan. Huquq-tartibot idoralari qalampir gazidan foydalanishga majbur bo‘lgan. Namoyishchilarning ayrimlari hibsga olingan. Gruziya prezidenti namoyishchilarga qo‘shilgan. U hokimiyatni takroriy parlament saylovlarini o‘tkazishga chaqirgan.

Namoyishga nima sabab bo‘ldi?

Foto: AFP

Tbilisidagi namoyish bosh vazir Irakliy Koboxidze hukmron “Gruzin orzusi — demokratik Gruziya” partiyasi 2028-yil oxirigacha Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilmasligi va hamjamiyatning barcha byudjet grantlaridan voz kechish qaroridan so‘ng boshlandi.

Koboxidze ta’kidlashicha, bunga Yevropa ittifoqining muzokaralarni boshlash masalasida doimiy ravishda tazyiq o‘tkazishi, parlament qabul qilgan bir qator qonunlarni bekor qilishni talab etishi hamda Gruziya hukumatiga nisbatan sanksiyalar kiritishga chaqiriqlar sabab bo‘lgan.

“Gruziya orzusi” o‘zining Rossiya tarafdori emasligini, demokratiya va G‘arb bilan integratsiyaga sadoqatli ekanini ta’kidlaydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar