Daryo

Gruziya prokuraturasi mamlakat prezidentini so‘roqqa chaqirdi

Bunga prezidentning 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalari soxtalashtirilgani haqidagi bayonotlari sabab bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish7 468 ko‘rishlar0 izoh0

Gruziya prokuraturasi mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilini 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalari soxtalashtirilgani haqidagi bayonotlari tufayli so‘roqqa chaqirdi.

Bu haqida Gruziya OAV mamlakat nazorat agentligiga asoslanib xabar bermoqda.

Foto: Report.az
“Markaziy saylov komissiyasining bayonoti va ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan maʼlumotlarga ko‘ra, Gruziya prezidenti Salome Zurabishvilining qo‘lida 2024-yilgi parlament saylovlari natijalari soxtalashtirilgani haqida dalillar bo‘lishi kerak. Shu sababli qonunga ko‘ra, prezident tergov organiga so‘roqqa chaqirildi”, deyiladi xabarda.

26-oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi 53,93 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Muxolifat va prezident Salome Zurabishvili saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va bir qator namoyishlar uyushtirdi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar