Daryo

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekistonning o‘rni o‘zgarmadi

Jamoa hozirda 1424,93 ochko to‘plab, Osiyoning 7-jamoasi bo‘lib turibdi

1 daqiqa o‘qish30 788 ko‘rishlar0 izoh0

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) 2024-yil hisobidan so‘nggi reytingini eʼlon qildi.

Foto: FIFA

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi kabi 58-o‘rinda qayd etildi. Jamoa hozirda 1424,93 ochko to‘plab, Osiyoning 7-jamoasi bo‘lib turibdi. Osiyoda kuchli uchlikdan Yaponiya, Eron va Koreya Respublikasi joy olgan.

Reytingning eng yuqori o‘rnida amaldagi Jahon chempioni Argentina jamoasi o‘rin olgan. Keyingi o‘rinlarda Fransiya hamda Ispaniya termalari joylashgan.

Foto: FIFA

O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi uchrashuvni kelgusi yil mart oyida o‘tkazadi. 20-mart kuniga belgilangan bahsda O‘zbekiston o‘z uyida Qirg‘izistonni qabul qiladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar