Daryo

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston ikki pog‘ona yuqoriladi, Ispaniya taxtdan quladi

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari va qit’alararo pley-off o‘yinlaridan so‘ng, FIFA milliy terma jamoalarning yangilagan reytingini e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qish13 285 ko‘rishlar0 izoh16

Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi FIFA milliy terma jamoalarning yangilagan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1465,34 ochko bilan avvalgi oyga nisbatan ikki pog‘ona yuqoriladi. Jamoa ayni vaqtda 50-o‘rinni egallab turibdi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi “oq bo‘rilar” mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Gabon terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi, Venesuela bilan durang o‘ynadi.

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning eng kuchli besh jamoasi qatoridan joy olgan. Undan yuqori o‘rinlarda Yaponiya (1660,43), Eron (1615,30), Janubiy Koreya (1588,66) va Avstraliya (1580,67) qayd etilgan.

“Oq bo‘rilar”ning 2026-yilgi Jahon chempionati “K” guruhidagi raqiblarining ham reytingdagi o‘rinlari o‘zgardi. Portugaliya 1763,83 ochko bilan 5-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, Kolumbiya (1693,09) 13-o‘rinda qayd etilgan. Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan Kongo Demokratik Respublikasi 1478,35 ochko bilan 46-o‘ringa ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, hozirda FIFA reytingida Fransiya yetakchilik qilmoqda. Didye Desham boshqaruvidagi jamoa Argentina va Ispaniyani ortda qoldirib, 1-o‘ringa ko‘tarildi — 1877,32 ochko. Amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya hisobida 1876,40 ochko mavjud. Amaldagi Jahon chempioni Argentina 1874,81 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar