Daryo

O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 musobaqasidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi

Fabio Kannavaro jamoasi guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya o‘rtasidagi uchrashuvlar g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

1 daqiqa o‘qish56 627 ko‘rishlar0 izoh54

AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “K” guruhidan joy oldi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoaga Portugaliya, Kolumbiya hamda qit’alararo pley-off g‘olibi (Kongo – Yamayka/Yangi Kaledoniya) raqiblik qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichi uchrashuvlarini Meksika hamda AQSH maydonlarida o‘tkazishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, “oq bo‘rilar” ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi turda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan o‘ynaydi. Kannavaro jamoasi oxirgi turda Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya o‘rtasidagi uchrashuvlar g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

1-tur. 17-iyun | O‘zbekiston - Kolumbiya (“Atsteka” stadioni. Mexiko)
2-tur. 23-iyun | Portugaliya - O‘zbekiston (“Gvadalaxara” stadioni. Gvadalaxara)
3-tur. 27-iyun | Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya - O‘zbekiston (“Hard-Rok” stadioni, Mayami yoki “Atlanta” stadioni, Atlanta )

Foto: “Daryo” / Asadbek Berdiyorov

2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 48 ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Kanada JCH-2026 musobaqasining 13 ta o‘yiniga mezbonlik qiladi. Uchrashuvlar Toronto va Vankuverdagi stadionlarda o‘tkaziladi. Meksika ham 13 ta o‘yinni o‘zida qabul qiladi. Uchrashuvlar Mexiko, Gvadalaxara va Monterrey shahrida joylashgan stadionlarida bo‘ladi. Qolgan barcha o‘yinlarga AQSH mezbonlik qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar