Daryo

Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi 8 mln yevro etib belgilandi

Futbolchining transfer narxi 2 mln yevroga oshdi

1 daqiqa o‘qish19 161 ko‘rishlar0 izoh2

Transfermarkt portali Rossiya chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer narxini yangiladi.

Foto: Transfermarket

“SSKA” futbolchisi Abbos Fayzullayevning transfer narxi 2 mln yevroga oshdi va 8 mln yevro etib belgilandi.

Avvalroq Abduqodir Husanovning narxi 12 million yevroga yetib, O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylangandi.

Maʼlumot uchun, Abbos “SSKA”da o‘zining  ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda u RPLda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 gol urgan va 7 golga assistentlik qilgan. 

Joriy mavsumda esa futbolchi RPLda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar