Daryo

Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

Istanbul klubi “SSKA”ga taklif yo‘llagani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish17 919 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi vingeri Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalist Ertan Syuzgyunga ko‘ra, futbolchi Istanbulning “Bashakshehir” klubidan taklif olgan.

Maʼlumot uchun, Fayzullayev o‘tgan mavsumda “SSKA” safida 39 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Avvalroq, Eldor Shomurodovga ham Istanbulning “Bashakshehir” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Shomurodovni Turkiyaning boshqa nomdor klublari — “Galatasaroy”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor” ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ammo aynan “Bashakshehir” o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolashga eng yaqin turibdi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar