Daryo

Shomurodov va Fayzullayev Konferensiyalar ligasi saralashida maydonga tushdi. Ularning oʻyini qanday baholandi?

“Bashakshehir” va “Inter Turku” jamolari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish32 636 ko‘rishlar0 izoh50

Istanbulda boʻlib oʻtgan Konferensiyalar ligasi 2-saralash bosqichidan oʻrin olgan bahsda “Bashakshehir” Finlyandiyaning “Inter Turku” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.

Mehmonlar 16-daqiqada hujumchi Klinton Degol Jeftaning aniq zarbasi evaziga hisobni ochdilar. Mezbonlar ikkinchi boʻlimda hisobni tenglashtirdilar. 54-daqiqada himoyachi Emin Bayram Yusuf Sarining uzatmasini golga aylantirdi.

Eldor Shomurodov mazkur uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 69-daqiqada zaxiraga olindi. Abboz Fayzullayev esa 61-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilib, uchrashuv oxiriga qadar harakat qildi.

Soccerway nashrining talqiniga koʻra, Shomurodovning harakatlari 7,2 ballga, Fayzullayevniki esa 7 ballga baholangan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar