Daryo

Britaniya Bosh shtabi NATOga hujum uyushtirilsa, Putinga qaqshatqich javob berishni va’da qildi  

Idora rahbariga ko‘ra, bu maʼlumot allaqachon Moskvaga yetkazilgan va shuning uchun Putinning Britaniya yoki NATOga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berish ehtimoli juda kam

1 daqiqa o‘qish11 002 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yadroviy ritorikasi va go‘yoki yangi “Oreshnik” raketalaridan namoyishkorona foydalanish Britaniya Bosh shtabining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.

Toni Radakin
Foto: Getty Images 

Birlashgan Qirollik mudofaa shtabi boshlig‘i, admiral Toni Radakin RUSI ekspert institutida ma’ruza qilar ekan, Rossiyaning Britaniyaga har qanday hujumi “yuqori javob” bilan kutib olinishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maʼlumot allaqachon Moskvaga yetkazilgan va shuning uchun Putinning Britaniya yoki NATOga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berish ehtimoli juda kam.

Yadroviy to‘xtatuvchini “kuchli saqlash va mustahkamlashda davom etish” muhim, chunki u “Putinga eng ko‘p taʼsir ko‘rsatadi”, deydi Radakin.

Admiralning qo‘shimcha qilishicha, Britaniya hukumati strategik suvosti kemalari va raketalariga katta miqdorda sarmoya kiritgan — bu haqda ham Rossiyaga yaxshi ma’lum. U shunga qaramay mamlakat oldida turgan tahdidlarni “aniq baholash” kerakligini ta’kidladi.

Radakinning qo‘shimcha qilishicha, dunyo “uchinchi atom davri”da, bu davrda yadro quroliga ega davlatlar soni ortadi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya yadroviy qurol zaxiralarini ko‘paytiradi yoki ularni qo‘lga kiritishga urinishda davom etadi.

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Putinning 2022-yilda Ukrainada yadro qurolidan foydalanish ehtimolini jiddiy ko‘rib chiqqanini aytdi.

Vashington Ukraina armiyasining muvaffaqiyatli qarshi hujumi tufayli Kreml shunday qadam tashlashi mumkinligidan xavfsiragan, deydi Berns.

Uning aniqlik kiritishicha, u Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinni oqibatlar haqida shaxsan ogohlantirgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar