Daryo

Janubiy Koreya prezidenti davlatga xiyonatda ayblanishi mumkin

Prezident harbiy holat e’lon qilishda hech bir talabni bajarmagan va konstitutsiyani buzgani ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish24 676 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreyaning muxolifatdagi eng yirik “Toburo” partiyasi prezident Yun Sok Yol va mudofaa vaziri Kim Yon Xyonni davlatga xiyonatda ayblamoqchi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

Foto: Flickr

Bunday ayblov harbiy holat to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish va unga bog‘liq harakatlarni qo‘llab-quvvatlaganlik ortidan berilishi mumkin. “Toburo” partiyasi allaqachon Yun Sok Yoldan iste’foga chiqishni talab qilgan, aks holda impichment protsedurasi boshlanadi.

Prezident iste’fosini Janubiy Koreya kasaba uyushmalari federatsiyasi ham talab qilib, ular muddatsiz ish tashlashni boshlaganini e’lon qildi. “Toburo” bayonotiga ko‘ra, davlat rahbarining xatti-harakatlari “konstitutsiyani buzgan va janob Yun harbiy holat e’lon qilish uchun zarur bo‘lgan talablardan birortasini bajarmagan”.

Bu isyonning jiddiy harakati va impichment uchun ajoyib sabab, deyiladi partiya bayonotida.

Janubiy Koreyada harbiy holat

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3-dekabr kuni kechqurun mamlakatda favqulodda harbiy holat e’lon qildi. U 45 yil ichida mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi. Parlament va siyosiy partiyalarning faoliyati taqiqlandi. Davlat rahbari bu qarorni “konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish va mamlakat ichidagi Shimoliy Koreya tarafdorlarini yo‘q qilish” zarurati bilan izohladi.

Hukumat harakatlaridan norozi bo‘lib, parlament binosi oldida namoyishchilar to‘plandi. Politsiya parlamentga kirishni to‘sib qo‘ydi va shahar ko‘chalarida harbiy texnika paydo bo‘ldi.

Foto: Flick

Bir necha soatdan so‘ng 300 deputatdan 190 nafari parlamentga kirishga muvaffaq bo‘ldi va harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi. Muxolifat yetakchisi Li Je Men prezident qarorini “konstitutsiyaga zid” deb atadi va uni “xalqqa qarshi” qadam sifatida qoraladi. Kechroq Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda joriy etilgan harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar