Daryo

Andijonda otasini ta’minotsiz qoldirgan 5 o‘g‘ildan aliment pullari undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudi otaxonning da’vosini qanoatlantirib, har bir o‘g‘ildan oyiga 70 ming so‘mdan aliment undirib borilishi yuzasidan qaror chiqargan

1 daqiqa o‘qish21 355 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yashovchi 74 yoshli fuqaroga 5 nafar farzandidan aliment pullari undirib berildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyati MIB

Ma’lum qilinishicha, Bo‘ston tumanida yashovchi 74 yoshli otaxon 2015-yilda ayrim sabablarga ko‘ra, 5 nafar o‘g‘lidan aliment undirib berishini so‘rab sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudi otaxonning da’vosini qanoatlantirib, har bir o‘g‘ildan oyiga 70 ming so‘mdan aliment undirib borilishi yuzasidan qaror chiqargan. 

Ijro harakatlari davomida otaxon 4 o‘g‘lidan aliment olishdan voz kechgan va birgina o‘g‘li aliment to‘lash uchun mas’ul bo‘lib qolgan.

O‘tkazilgan tushuntirishlar natijasida aliment to‘lashga mas’ul farzand otasi uchun aliment qarzi va kelgusi 5 yillik aliment to‘lovlarini oldindan berishini ma’lum qildi. Natijada jami 5 million 100 ming so‘m otaxonga tegishli tartibda undirib berildi.

Shundan so‘ng otaxon 2029-yilgacha hisoblangan aliment pullarini olgani sababli ijro hujjatini qaytarib olishni so‘rab murojaat qilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi va Oila kodeksining 109-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar, deb yozilgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar