Daryo

Ishchisining maoshidan aliment qarzini ushlab qolmagan andijonlik fermer jarimaga tortilib, mashinasi xatlandi

MIB tomonidan fermerga 3 mln 750 ming so‘m jarima belgilangan

1 daqiqa o‘qish25 611 ko‘rishlar0 izoh0

Majburiy ijro byurosining Ulug‘nor tumani bo‘limi tomonidan ishchisining maoshidan aliment qarzini ushlab qolmagan fermer xo‘jaligi rahbari jazoga tortilib, avtomashinasi xatlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: MIB Andijon viloyati boshqarmasi

Ma’lum bo‘lishicha, Ulug‘nor tumanida yashovchi M.A. sud qaroriga asosan ikki nafar farzandi uchun aliment to‘lab borishi belgilangan bo‘lib, aliment qarzi va to‘lovlari uning ish haqiga qaratilgan.

Bu bo‘yicha byuroning Ulug‘nor tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan aliment to‘lovchi M.A.ning ish joyi, ya’ni fermer xo‘jaligi rahbariga talabnoma yuborilgan. Biroq fermer davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmasdan, to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment pullarini qarzdorning ish haqi daromadlaridan ushlab qolmagan.

Natijada fermer xo‘jaligi rahbari M.T. bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, ya’ni 3 750 000 so‘m miqdorida jarimaga tortilib, unga tegishli Damas avtomashinasi xatlandi.

Xatlash jarayonida fermer jarima pullarini to‘lab, ishchisining oktyabr oyi ish haqi to‘lovlaridan aliment qarzi uchun mablag‘ o‘tkazilishini aytib, bunday hol boshqa takrorlanmasligini bildirgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar