Daryo

Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

“Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi prokuratura departamenti xabarida

1 daqiqa o‘qish5 564 ko‘rishlar0 izoh0

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Foto: Prokuratura departamenti

Jumladan, fuqarolar M.B va S.K. o‘zaro til biriktirib, pirotexnika buyumlarini o‘tkazish orqali noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.A.ga jami 2 400 quti “Miki maus”, 56 dona “7 Shots” nomli hamda 13 dona “Koralevskiy salyut” nomli pirotexnika buyumlarini 3 220 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Foto: Prokuratura departamenti

Shu kabi, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida “Fayzabod” MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent xalqa yo‘lida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.O., F.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 108 dona “7 Shots” nomli pirotexnika buyumlarini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanganlar.

Foto: Prokuratura departamenti

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi prokuratura departamenti xabarida.

 9-noyabr kuni “Chinor” YPX maskanida pirotexnika vositalari olib ketayotgan yuk avtomobili to‘xtatib qolingani xabar berilgandi.

Avtomobilning yukxonasida 36 ta “Volk”, 35 ta “Samarkand”, 48 tadan “Britanik” hamda “Treniya” va 38 ta “Solovey razboynik” nomli pirotexnika vositalari olib ketilayotgani aniqlangan.

Avvalroq O‘zbekiston hududiga 2021–2023-yillarda 300 mingdan ortiq pirotexnika buyumlari noqonuniy olib kirilgani haqida xabar berilgandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar