Daryo

Toshkentda avtobus va Lacetti to‘qnashdi

YTHga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish12 847 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda MAN rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusi va Lacetti YTHga uchradi.

Foto: Telegram / “Ko dnu”

Poytaxt YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, yo‘l-transport hodisasi 19-noyabr kuni soat 06:40 larda Chilonzor tumani Bunyodkor—Qatortol-2 ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi Q.M. boshqaruvidagi MAN avtobusi to‘qnashgan.

Lacetti yo‘lovchisi 1958-yilda tug‘ilgan D.M. birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining bildirishicha, Lacetti asosiy yo‘lda svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib kelayotgan avtobusga yo‘l bermasdan yo‘lga chiqib kelgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar