Daryo

Tibbiyot sohasi xodimlariga orden va medallar topshirildi

Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda prezident matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi

1 daqiqa o‘qish14 440 ko‘rishlar0 izoh0

Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi yurtimizda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni etib belgilangan. Ushbu bayram munosabati bilan bugun tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z hayotini inson salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan tibbiyot xodimlariga prezident tabrigini o‘qib eshittirdi.

“Qutlovda Yangi O‘zbekiston erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasi e’tirof etilib, keyingi yillarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli sog‘liqni saqlash tizimida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar qayd etilgan.

Tibbiyotni yanada xalqchil sohaga aylantirish, odamlarni ushbu tizimdan rozi qilish masalasi doimo davlatimiz e’tibori markazida bo‘lishi ta’kidlangan”, deb yozdi Sherzod Asadov o‘zining Telegram’dagi kanalida.

Shuningdek, kuni kecha prezident farmoni bilan ibratli faoliyati uchun soha xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Bugungi tadbirda ushbu yuksak mukofotlar Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov va sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov tomonidan o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar