Daryo

Niderlandiyada isroillik futbol muxlislari do‘pposlandi (video)

Hujum uyushtirganlar “Falastinga ozodlik” shiorini aytgan. Ular yahudiylar qolgan mehmonxonalarga bostirib kirishga ham uringan

1 daqiqa o‘qish22 818 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa Ligasi doirasida “Ayaks”ga qarshi o‘yinda o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun Amsterdamga kelgan “Makkabi Tel Aviv” futbol jamoasi muxlislari do‘pposlandi. Bu haqda Ynet xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Isroil Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, kamida 10 nafar isroillik jarohat olgan. Fuqarolarga vaziyat barqarorlashguncha mehmonxonalardan chiqmaslik tavsiya etilgan. Jabrlanganlar hujum qilgan shaxslar “Falastinga ozodlik!” shiorlarini baralla aytganini ta’kidlagan.

“Ayaks” futbol klubi “Makkabi”ni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan o‘yindan so‘ng politsiya yahudiylarga hujum haqida ma’lumot olgan. Noma’lum shaxslar isroilliklar tunaydigan mehmonxonalarga bostirib kirishga ham uringan.

Isroil ommaviy axborot vositalari yozishicha, bir necha muxlis og‘ir jarohat olgan, ba’zilarining pasportlari o‘g‘irlab ketilgan. Amsterdam politsiyasi bezorilikda ishtirok etgan o‘nlab shaxslarni qo‘lga olgan.

Zo‘ravonlik to‘lqiniga javoban Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Niderlandiya huquqni muhofaza qilish organlarini isroilliklarni himoya qilish bo‘yicha tezkor va qat’iy choralar ko‘rishga chaqirgan. Isroil fuqarolarini Amsterdamdan evakuatsiya qilish uchun ikkita samolyot jo‘natgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar